AKFA FutureStep - bu O'zbekistondagi ilg'or 25 talaba uchun grant dasturi

2021-2022 dasturiga ro'yxatdan o'tish tugallandi!
Biz ilmga intiluvchan, istiqbolli yoshlarni qo'llab-quvvatlaymiz va rivojlantiramiz.
Biz kasb-hunarga ilk qadam qo'yish istagidagi yosh mutaxassislarni qadrlaymiz, ilhomlantiramiz va o'z salohiyatini yuksaltirishiga imkoniyat yaratamiz.
Qanday qatnashish mumkin?
Grantlar dasturi O'zbekistondagi istalgan oliy o'quv yurtining 3-kurs talabalariga quyidagi yo'nalishlar bo'yicha taqdim etiladi:

- Moliya;
- Muhandislik;
- Axborot texnologiyalari


«irinchi bosqichda o'zingiz, tajribangiz va maqsadlaringiz haqida motivatsion xat yozishingiz lozim. Mablag'ni nimaga sarflashingiz haqida ma'lumot bering: ta'limga sarflaysizmi, faoliyatingiz uchun asbob-uskunalar sotib olasizmi yoki tajriba izlab boshqa mamlakatlarga ketmoqchimisiz? Xat yozishga yetarli darajada vaqt ajrating, chunki bu eng muhim qadamlardan biridir.
3 ta oddiy qadam:
1-qadam
Ushbu saytdagi qayta aloqa shakli orqali ilova qilingan motivatsion xat bilan ariza yuboring.
2-qadam
25 nafar finalistlarni saralash natijalarini kuting
3-qadam
Grantni qo'lga kiriting va o'z rivojingiz uchun imkoniyatdan foydalaning
Arizalar AKFA Group mutaxassislari va top-menejerlari tomonidan baholanadi. Ular orasida AKFA Group Ijro direktori, Tadqiqot va rivojlantirish markazining direktori, Strategiya va rejalashtirish bo'limi rahbari va boshqalar bor.
Bizning mutaxassislarimiz

Korporativ universitet boshlig'i
Saidkarimova Ozoda

Ma'muriy blok boshlig'i
Bilolov Sobirjon

Strategiya va rejalashtirish bo'limi boshlig'i
Kurmanov Shoxrux

Bosh direktori
Gulamov Kamron

Korporativ rivojlanish bo'limi boshlig'i
Yuldashev Nodir

IT markaz direktori
Jukov Dmitriy

Moliya direktori
Xayrullayev Sirojiddin
R&D markazi direktori
Sirojiddinov Alisher
Biz O'zbekistonda muhandislik fanlari va texnologiyalarining kelajagini barpo etish uchun iste'dodlarni rivojlantiramiz.
Kamron Gulamov
AKFA Group Bosh direktori
Yangi standart va trendlarni yaratish. Sanoatlashtirishni rivojlantirish uchun mas'ullik. An'anaviy biznes amaliyotlari va o'zaro aloqalarni takomillashtirish.
© 2021 All Rights Reserved.
О нас
Новости